Reklama mijoz olib keladi. Ammo unga kim javob beradi?
Biz ABBA Marketing jamoasimiz. Yillar davomida bizneslar uchun reklama yuritib, bir muammoni ko‘p kuzatdik: kompaniyalar mijozlarni jalb qilishga mablag‘ sarflaydi, ammo Instagram Direct’dagi murojaatlarning bir qismi vaqtida javob ololmaydi.
Shu muammoni hal qilish uchun Convers'ni yaratdik.
Bizning maqsadimiz — bizneslarga ko‘proq mijoz bilan ishlash, murojaatlarni yo‘qotmaslik va sotuv jarayonini samaraliroq tashkil etishda yordam berish.
Convers javoblarni o‘ylab topmaydi. Narxlar, mahsulotlar va va’dalar faqat siz taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanadi.
Mijoz o‘zbekcha yoki ruscha yozadimi — Convers uning tilini tushunib, mos ravishda javob beradi.
Biz shunchaki avtomatik chat yaratmaymiz. Murojaatlarni boshqarish, kontaktlarni yig‘ish va biznesga lid yetkazishga e’tibor qaratamiz.



