Bosh sahifa / Qanday ishlaydi
Convers mijozlar murojaatlarini qabul qiladi, javob beradi, kerakli kontaktlarni yig‘adi va tayyor lidlarni Telegram yoki CRM tizimingizga yuboradi.
01
Instagram Direct, post izohlari yoki storisga javob orqali kelgan barcha murojaatlar Convers tomonidan qabul qilinadi. Mijoz matn, ovozli xabar, rasm yoki video yuborishi mumkin. Reklamadan Direct'ga kelgan xabarlar ham qayta ishlanadi.
Instagram · Direct · 02:14
02
Convers mijoz xabarlari, suhbat tarixi va bilim bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Matn, ovozli xabar, rasm va videolarni taniydi hamda mijoz murojaatining mazmunini tushunadi.
«Gentra uchun qora rangi bormi?» — tushunildi
03
Convers mahsulotlar, xizmatlar, narxlar va biznesingiz haqidagi tasdiqlangan ma'lumotlarga tayangan holda mijoz bilan tabiiy muloqot qiladi. Suhbat davomida kerakli ma'lumotlarni, jumladan ism, telefon raqami, shahar yoki mahsulotga oid ma'lumotlarni yig'adi. Murakkab yoki alohida e'tibor talab qiladigan murojaatlarni menejerga yo'naltiradi.
04
Yig‘ilgan kontaktlar va murojaat tafsilotlari avtomatik ravishda CRM tizimingizga, Telegram guruhingizga yoki Email manzilingizga yuboriladi. Menejer mijozning telefon raqami, qiziqishi va suhbat mazmunini ko‘rib, keyingi sotuv jarayonini davom ettiradi.
Dasturchi yollash yoki murakkab tizim yaratish shart emas.
Asosiy sozlamalarni Convers kabinetida mustaqil boshqarishingiz mumkin.
Meta'ning rasmiy avtorizatsiyasi orqali biznes akkauntingizni tizimga ulang.
Kompaniya, mahsulotlar, narxlar, xizmatlar va mijozlar ko‘p beradigan savollarni Convers'ga o‘qitamiz.
Test-chat orqali AI javoblarini tekshiring, kerakli o‘zgartirishlarni kiriting va AI-menejerni faollashtiring.
Convers faqat xabarlarga javob berish bilan cheklanmaydi. Mijozlar bilan ishlashning turli bosqichlarini yagona tizimda avtomatlashtiradi.
Saytingiz, fayllaringiz, mahsulotlaringiz va avvalgi yozishmalaringiz asosida AI bilim bazasini shakllantiring. Yangi ma'lumotlarni qo‘shing, tasdiqlang va yangilang.
Mijozni belgilangan savollar va bosqichlar orqali kerakli natijagacha olib boring. Masalan, konsultatsiya yoki tashrif uchun kerakli ma'lumotlarni ketma-ket yig‘ing.
Muayyan kalit so‘z, savol yoki hodisaga qarab avtomatik javob, fayl, havola yoki mahsulot kartochkasini yuboring.
Mijozlarni qiziqishi va murojaat turiga qarab tasniflang. Lidlarni bosqichlar bo‘yicha kuzating va kontaktlar bazasini shakllantiring.
Spam, haqorat va belgilangan stop-so‘zlarni aniqlash, izohlarni yashirish va shikoyatlarni alohida kuzatish imkoniyatlaridan foydalaning.
Kunlik, haftalik, oylik yoki tanlangan davr bo‘yicha natijalarni ko‘ring va PDF formatida hisobot yuklab oling.
Xodimlarni kabinetga taklif qiling, akkauntlarga biriktiring va ularning rollarini boshqaring.
Yo‘q. Instagram akkauntini ulash, bilim bazasini shakllantirish va AI-menejerni sozlash Convers kabineti orqali amalga oshiriladi.
Hozirda asosiy integratsiya — Instagram. Convers Direct xabarlari, post izohlari va storisga javoblarni qayta ishlaydi.
Convers javobni biznesingiz bilim bazasi va belgilangan muloqot qoidalari asosida shakllantiradi. Javobi mavjud bo‘lmagan savollarni alohida kuzatishingiz va bilim bazasini to‘ldirishingiz mumkin.
Albatta. Siz istalgan payt suhbatga qo‘shilishingiz mumkin. Menejer javob berganidan keyin AI belgilangan vaqt davomida suhbatga aralashmaydi.