Asosiy kontentga o'tish

Bosh sahifa / Qanday ishlaydi / Video qo'llanmalar

Video qo'llanmalar

Convers'ning har bir imkoniyati bo'yicha qisqa video. Har videoning tagida — u nima haqida va nimani o'rganasiz.

17videodars
5bo'lim
1–6daqiqa har biri

Barcha videodarslar

17 ta dars
3:10Boshlash
Kabinet bilan tanishuv

Ro'yxatdan o'tgandan keyin birinchi ko'radigan ekran. Har bir bo'lim nima uchun kerakligini va qayerdan boshlashni ko'rsatamiz.

1:20Boshlash
Ro'yxatdan o'tish

Ism, pochta va parol bilan akkaunt ochish. Pochtaga kelgan kod va birinchi kirish.

2:40Boshlash
Instagram'ni ulash

Meta'ning rasmiy oynasi orqali akkauntni parolsiz ulash. Qaysi ruxsatlarni qoldirish kerakligini tushuntiramiz.

2:05Boshlash
Telegram guruhni ulash

Lidlar tushadigan guruhni yaratish va Convers botini qo'shish. Lid xabari qanday ko'rinishini ko'rasiz.

6:20Bilim bazasi
Bilim bazasini to'ldirish

Bot faqat shu yerdagi ma'lumotdan javob beradi. Savol-javob va mahsulot kartochkasini to'g'ri yozishni ko'rsatamiz.

3:30Bilim bazasi
Fayl va saytdan o'rgatish

Narx-navo, katalog yoki sayt manzilini yuklab, botni bir necha daqiqada o'rgatish.

2:50Bilim bazasi
Javobsiz savollar bilan ishlash

Bot bilmagan savollar alohida ro'yxatga tushadi. Bir marta javob yozsangiz — keyingi safar o'zi javob beradi.

2:30Bilim bazasi
Rasm va Reels'ni tushunish

Mijoz rasm yoki Reels yuborsa, bot qaysi mahsulot so'ralayotganini aniqlaydi. Buni qanday sozlashni ko'rsatamiz.

2:15Suhbat va lidlar
Suhbatni o'zingiz olish

Qachon bot o'rniga o'zingiz yozishingiz kerak va buni bir tugma bilan qanday qilish mumkin.

4:00Suhbat va lidlar
CRM: lidlar doskasi

Barcha lidlar bitta doskada: bosqichlar, izohlar va eksport. Sotuv bo'limi uchun qulay ish tartibi.

1:45Suhbat va lidlar
Izoh va storislarga javob

Post ostidagi «+» va storisga javoblarga bot Direct'da qanday javob berishini sozlaymiz.

4:40Qoidalar va test
Qoidalar va ohang

Bot qanday gapirishi, qachon raqam so'rashi va qachon menejerga uzatishi — barchasi qoidalarda.

1:50Qoidalar va test
Test chat

O'zgarishlarni mijozlardan oldin o'zingiz sinab ko'ring. Test chat jonli botga ta'sir qilmaydi.

2:10Qoidalar va test
Ish vaqti sozlamasi

Ish vaqtidan tashqarida bot nima deyishi va lidlar qachon guruhga tushishini sozlash.

3:20Analitika va to'lov
Analitikani o'qish

Qancha dialog bo'ldi, nechtasi lidga aylandi va mijozlar eng ko'p nima so'raydi — raqamlarni tushunish.

1:40Analitika va to'lov
Oylik PDF hisobot

Har oy keladigan hisobotda nimalar bor va uni rahbarga qanday ko'rsatish mumkin.

2:00Analitika va to'lov
Tarif va limitlar

Dialog qanday hisoblanadi, limit tugasa nima bo'ladi va tarifni qanday almashtirish mumkin.

Demo va konsultatsiya

Biznesingiz uchun Convers'ni sozlaymiz

Ma'lumotlaringizni qoldiring, tez orada aloqaga chiqamiz.

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.